Tojikistonda elektr energiyasini yetkazib berishdagi cheklovlar olib tashlandi

“Barki Tojik” davlat energetika holdingi Tojikiston hukumati koʻrsatmasi bilan butun mamlakat boʻylab energiya cheklovini butunlay olib tashlashga qaror qildi. Bu qaror Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon buyrug’iga ko’ra, havo haroratining keskin pasayishi munosabati bilan qabul qilingan.

11-yanvar kuni energiya ta’minotidagi barcha cheklovlar bekor qilindi, deb xabar berdi “Tojikiston” telekanali “Barki Tojik”ga tayanib. Shu bilan birga, “Barki Tojik” isteʼmolchilardan elektr energiyasidan tejamkor va oqilona foydalanishni soʻradi.