Tojikistonda Ramazon hayiti sanasi maʼlum qilindi

Tojikiston musulmonlari joriy yil 21-aprel kuni muqaddas Ramazon hayiti bayramini nishonlaydi. Bu haqda mamlakat Ulamolar kengashining 18-aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida maʼlum qilindi.
Tojikistondagi barcha masjidlarda 21-aprel, juma kuni soat mahalliy vaqt bilan 06:30 da Ramazon hayiti namozi oʻqiladi.
Eslatib oʻtamiz, Ramazon oyi 23-mart kuni boshlangan edi.






