Tokio-2020: Delegatsiyamizga oid qiziqarli faktlar

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari O‘zbekiston delegatsiyasi uchun bir qator qiziqarli faktlar bilan tarixga kirmoqda.
Eʼtiboringizga shu va boshqa qiziqarli faktlarni Milliy olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati taqdim qildi:
-Ilk bor O‘zbekiston sportchilari 2020 yil Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkaziladigan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlariga sportning 17 turida jami 71 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar;
-Tokio-2020 Olimpiadasida litsenziya qo‘lga kiritgan ayol sportchilarimiz soni 30 taga yetdi;
-Birinchi bor zamonaviy beshkurash sport turida Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdik;
-Boks bo‘yicha musobaqalarda ilk marotaba 3 nafar qizimiz qatnashadi;
-Og‘ir atletika bahslarida ilk bor 2 qizimiz Olimpiada yo‘llanmasiga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o'tamiz, aslida mazkur o‘yinlar 2020-yilda o‘tkazilishi lozim edi. Biroq, yer yuzini qamrab olgan koronavirus pandemiyasi tufayli yozgi Olimpiya o‘yinlari bir yilga kechiktirildi. Bu esa sportimiz foydasiga xizmat qildi: yo‘llanmalar soni oshdi.






