Tokio-2020: O‘zbekistonga delegatsiyasi uchun uchinchi oltin medal

Para yengil atletikaning disk uloqtirish bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda hamyurtimiz Mohigul Hamdamova oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Hamyurtimiz 31.46 metr natija bilan 1-o‘rinni egalladi va terma jamoamizga uchinchi oltin medalni taqdim etdi.
Bu natija orqali O‘zbekiston sport delegatsiyasi medallar jamg‘arish bo‘yicha 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi.






