Tokio-2020: Paralimpiya o'yinlarida navbatdagi bronza medal

Para yengil atletikaning yadro uloqtirish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida final bellashuvida hamyurtimiz Elbek Sultonov bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Elbek 15.94 metr natija qayd etdi.
Ushbu natijadan so‘ng O‘zbekiston sport delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 4 taga yetdi: 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza.






