Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida navbatdagi kumush medal

Para pauerlifting bo‘yicha ayollar o‘rtasida -61 kg vazn toifasida hamyurtimiz Ro‘za Qo‘ziyeva ishtirokidagi final bahslari yakunlandi va Ro‘za 130 kg toshni bo‘ysundirgan holda kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu g‘alabadan so‘ng delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 7 taga yetdi: 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza.