Tokio-2020 yozgi Paralimpiyadasida yana bir oltin medal - Guljanoy Naimova

Para taekvondo bo‘yicha ayollar o‘rtasida +58 kg vazn toifasida hamyurtimiz Guljanoy Naimova braziliyalik Menezes Bezerra raqiblik qildi hamda 8:4 hisobida raqibni mag‘lubiyatga uchratib oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Ayni damda delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 19 taga yetdi: 8 ta oltin, 5 ta kumush, 6 ta bronza.