Tokio shahrida 26 yildan buyon ilk bor aholi soni kamaydi

Yaponiya poytaxti aholisi 2021-yilda 2020-yilga nisbatan 48,6 ming kishiga kamayib, deyarli 14 mln kishiga yetdi. Bu Tokio aholisining 1996-yildan buyon ilk bor kamayishi hisoblanadi.
Yil davomida aholi sonining bosqichma-bosqich kamayishi qayd etildi. 2022- yilning yanvariga kelib Tokio aholisi 9872 kishiga kamaygan.
PS: 1962-yilda Tokioda aholi soni 10 mlnga yetgan, shundan keyin aholining o‘sishi sekinlashgan. 2000-yil ko’rsatkichlariga ko’ra, aholi soni 14 millionni tashkil etgan. 2015-yildan 2020-yilga qadar butun Yaponiyada yashovchilar soni deyarli 1 mlnga kamayib, 126,14 million kishini tashkil qilgan.






