Toliblar Qozog'istondagi vaziyatdan xavotirdaligini bildirdi

Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan Tolibon Qozog‘istondagi vaziyatdan xavotir olganini bildirdi. Ularning bayonotida aytilishicha, Kobul voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi vakili Abdul Kahar Balxiy o‘zining Twitter’ida e’lon qildi.
Tolibon Qozog‘iston hukumatini muloqot boshlashga va vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirmoqda. Shu bilan birga, ular mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlik iqtisodiy o‘sish va odamlar farovonligining eng muhim sharti, deb hisoblaydi.
Eslatib o‘tamiz, 15 avgust kuni Tolibon Kobulni egallab olgan, keyin esa Afg‘onistonning qolgan viloyatlarini o‘ziga bo‘ysundirgan edi.






