«Tolibon» Afgʻoniston janubidagi xususiy taʼlim muassasalarini yopdi

Afgʻonistonda “Tolibon” harakati tomonidan tayinlangan Ta’lim vazirligi mamlakat janubida joylashgan Qandahor va Hilmand viloyatlaridagi barcha xususiy ta’lim muassasalarini yopdi. Bu haqda Qandahor ta’lim departamenti vakili Vakil-Ahmad Mutavakkilga tayanib, “Tolonews” telekanali xabar berdi.
Mutavakkilga koʻra, ularning idorasi Ta’lim vazirligidan Qandahordagi barcha xususiy mahalliy ta’lim muassasalarida darslarni to‘xtatish bo‘yicha koʻrsatma olgan.
Shunga muvofiq, Ta’lim vazirligi tomonidan Qandahor va Hilmanddagi barcha ta’lim muassasalarining loyihalari va faoliyatini ko‘rib chiqish uchun delegatsiya tayinlangan. Natijada ushbu viloyatlarning ta’lim bo‘limlariga nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini to‘xtatish buyurilgan.






