Tolibon birinchi afgʼon sport avtomobilini namoyish etdi

Qayd etilishicha, “Mada 9” deb nomlangan mashina “Chunki biz qila olamiz” reklama shiori ostida namoyish etilgan. Avtomobil haqida to’liq tavsilotlar mavjud emas, ammo u “Toyota Corolla”dan oʼzgartirilgan dvigatelga ega ekanligi maʼlum.

Ma’lumotlarga ko’ra, superkar ustida 5 yil ish olib borilgan, 30 kishi mehnat qilgan. Endi “Mada 9”ni xalqaro avtosalonlarda namoyish etish koʼzda tutilmoqda.