«Tolibon» harakati Kobul aholisiga nisbatan yangi cheklovlar joriy qildi

“Hasht-e Subh Daily” xabarida ma’lum qilinishicha, uy xo‘jaliklari bir uydan ikkinchisiga ko‘chib o‘tish uchun tegishli politsiya bo‘linmalaridan guvohnoma olishi kerak bo‘ladi.

Mazkur ma’lumotni “Tolibon”ning shahardagi politsiya bo‘limi matbuot kotibi Xolid Zadran tasdiqladi.

Kobuldagi “Tolibon” xavfsizlik kuchlari hukumat idoralariga ko‘chirishni tasdiqlovchi hujjatlarni tarqatgan. Zadranning so‘zlariga ko‘ra, ko‘chish haqidagi guvohnomalarni tasdiqlash ularga jinoyatchilarni aniqlashda katta yordam beradi.