“Tolibon” rasmiysi Oʻzbekistonga keldi

Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar Tashqi ishlar vazirlarining to‘rtinchi uchrashuvi munosabati bilan “Tolibon” hukumati Tashqi ishlar vaziri Amirxon Mutaqqiy O‘zbekistonga keldi.

“Tolibon” TIV matbuot kotibi o‘rinbosari Hofiz Ziyo Ahmadning so‘zlariga ko‘ra, Muttaqiy qo‘shni davlatlarning bir qator Tashqi ishlar vazirlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda.

Ayni vaqtda Mutaqqiyning aynan qaysi davlatlar Tashqi ishlar vazirlari bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazishi nomaʼlum.