Tolibon Twitterda «ko‘k belgi» sotib olishni boshladi

Tolibon hukumati Twitterning pullik tekshirish xizmatiga a’zo bo’ldi, ya’ni endi ba’zilarining akkauntlarida “ko‘k belgi” bor. Ayni damda “Tolibon” harakatining ikki amaldori va Afg‘onistondagi harakatning asosiy tarafdorlaridan to‘rt nafari tasdiq belgisidan foydalanmoqda, deya xabar beradi BBC.

Ilgari “ko‘k belgi” Twitter tomonidan tasdiqlangan “jamoat manfaati uchun faol, taniqli va haqiqiy akkauntlarni” ko‘rsatardi va uni sotib olish mumkin emas edi.

Ammo milliarder Ilon Mask ijtimoiy media platformasini o‘tgan yilning oktabr oyida 65 milliard dollarga sotib olgach, tekshirish tizimi o‘zgardi, ya’ni foydalanuvchilar ularni yangi Twitter Blue xizmati orqali sotib olishlari mumkin.

Tolibonning “axborotdan foydalanish” departamenti rahbari Hedayatulloh Hidoyat endi belgiga ega. Uning akkauntida 187 000 obunachi bor va u Tolibon hukumati haqida maʼlumotlarni joylashtiradi. Afg'oniston Axborot va madaniyat vazirligining yuqori martabali xodimi Abdul Haq Hammadning ham akkauntida ko'k belgi bor va u 170 ming obunachiga ega.

Qayd etilishicha, Tolibonning Twitterda mavjudligi yillar davomida qizg‘in munozaralarga sabab bo‘lgan.