"Tonirovka" uchun ruxsat olish tartibi o'zgaradi

1 oktyabrdan boshlab oynalarni tusini o'zgartirish (tonirovka) uchun ruxsatnomani faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olish mumkin (my.gov.uz).
Orqa oynalarni va old oynaning yuqori qismini tusini o'zgartirish (qoraytirish) ruxsat talab qilmaydi, lekin oldingi oynaning yuqori qismini qoraytirish 14 santimetrdan oshmasligi kerak.
Ruxsatnoma muddati o'zgarmaydi va 1 yilga beriladi va ruxsatnoma qayta rasmiylashtirish uchun Portal xizmati uchun to'lov olinmaydi.
Ariza beruvchi tomonidan ruxsatnoma uchun to‘lov 10 kun muddatda amalga oshiriladi.






