Toqaev yangi qo‘mondonlik tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqaev Qurolli Kuchlar tarkibida maxsus operativ qo‘shinlar qo‘mondonligini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
19-yanvarda imzolangan hujjatda Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish maqsadida yangi qo‘mondonlik tashkil etish chora-tadbirlari belgilangan.
Shuningdek, Toqaеev mamlakat Xavfsizlik kengashi kotibiga maxsus operatsiya kuchlarini yaratish bo‘yicha ishlarni tezlashtirish va milliy xavfsizlik tizimini isloh qilish yuzasidan aniq topshiriqlar bergan.






