Toqayev: so‘nggi 14 yil ichida inflyatsiya tarixdagi eng yuqori darajaga yetdi

2022-yilning 11 oyida Qozog‘iston iqtisodiyotining o‘sishi 4,6 foizdan 2,7 foizgacha pasaygan. "Kazinform" xabariga ko’ra, bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev hukumatning kengaytirilgan yig‘ilishida ma’lum qilgan.
“Bugun biz 2022-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dastlabki yakunlarini muhokama qilamiz va kelgusi davr uchun asosiy vazifalarni belgilaymiz. Ko'plab dolzarb muammolar mavjud edi. Joriy yilning 11 oyida iqtisodiy o‘sish 4,6 foizdan 2,7 foizga pasaydi. So‘nggi 14 yil ichida inflyatsiya tarixiy eng yuqori darajaga yetdi va 19,6 foizni tashkil etdi. Albatta, bunday holat aholi turmush darajasi va daromadlariga eng salbiy ta’sir ko‘rsatadi”, — deya qayd etgan Qosim-Jomart Toqayev.
Qozog‘iston Bosh vazir Alixan Smailov, o‘z navbatida, hukumat tomonidan inflyatsiya darajasini pasaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ta’kidlagan.
“Bu boradagi ishlar doirasida ichki bozorda mahalliy mahsulotlar ulushini oshirish, mahsulotlarni saqlash va tashish mexanizmlarini ishlab chiqish, chakana savdoni qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilmoqda”, – degan Alixan Smailov.






