To'qimachilik mahsulotlarini eksport qiluvchilarning transport xarajatlari qoplanadi

Prezidentimizning "2022-2026 yillarda yangi O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasi to'g'risida" gi Farmoniga muvofiq, mato va trikotaj mahsulotlarni eksport qilishda transport xarajatlarining 70 foizini qoplash uchun subsidiyalar beriladi.
Eksportni ilgari surish agentligi hisobidan berilgan va eksport bilan bog'liq kreditlarni o' z vaqtida to'lagan tadbirkorlik subyektlariga kreditning to'langan qismiga mutanosib ravishda qo'shimcha kreditlar ajratishga ruxsat beriladi;
2024 yil 1 yanvargacha mato va trikotaj matolardan mahsulotlarni Yevropa, Turkiya, Misr va Marokash davlatlariga eksport qilishda transport xarajatlarining 70 foizini qoplash uchun subsidiyalar beriladi.
Agentlikning eksport bilan bog'liq savdo operatsiyalari va eksportdan oldingi moliyalashtirish uchun kreditlar uchun tijorat banklariga moliyaviy resurslarni eksport qilishni rag'batlantirish, shuningdek eksport paytida transport xarajatlarining bir qismini qoplash tartibiga tegishli o'zgartirishlar kiritiladi.






