To'qimachilik sanoatida xalqaro standartlarni joriy qilish yuzasidan yangicha qadamlar

Namangan viloyatida amfori BECI xalqaro standartini O'zbekistonning to'qimachilik korxonalarida joriy qilish bo'yicha treninglar o'tkazilmoqda.

To'qimachilik sanoati mutaxassisi bunga shunday qilib izoh berdi:

-Ma'lumki, 10 apreldan boshlab O'zbekiston preferensiyalar tizimi (GSP+) qo'lga kiritdi, shundan so'ng O'zbekiston mahsulotlari Yevropa bozorlariga bojsiz eksport qilishi boshlandi. Shuning uchun, O'zbekiston mahsulotlari xalqaro standartlarga mos bo'lishi kerak. Shu sababdan, Belgiya biznes uyushmasi va Germaniyaning GIZ kompaniyasi bilan hamkorlikda BECI amfori xalqaro standartini joriy etish bo'yicha treninglar o'tkazilmoqda. Va bugungi kunga kelib ushbu standart 12 ta o'zbek to'qimachilik korxonalarida joriy qilingan.

Amfori BECI xalqaro standarti bo'lib, tadbirkorlarni ishlab chiqarishdan boshlab to tayyor mahsulotga olib borgan zanjirda hamma ijtimoiy masalalar yechadigan tizimdir.