Toshkenda Birinchi Turkiy Agroforumi bo'lib o'tmoqda

Joriy yilning 4-iyul kuni Toshkentning Hyatt Regency mehmonxonasida O'zbekiston Qishloq xo'jaligi vazirligi hamda Turkiy davlatlar tashkiloti hamkorligida "Turkiy Agroforum" bo'lib o'tmoqda.
Forumda Turkiy Davlatlar Tashkiloti Bosh kotibi Bag'dod Amreyev hamda TDTga a'zo va kuzatuvchi mamlakatlarning Qishloq xo'jaligi vazirlari ishtirok etmoqdalar.
Forumdan koʻzlangan maqsad agrosanoat majmuasida iqtisodiy oʻzaro aloqalarni kengaytirish, tovar ayirboshlash hajmini oshirish va oʻzaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish uchun sarmoyalarni safarbar etishdan iborat.
Agroforumda:
O‘zbekiston Respublikasi Qiishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo'jayev;
Turkiy Davlatlar Tashkiloti Bosh kotibi Bag‘dod Amreyev;
Ozarbayjon Qishloq xo‘jaligi vaziri Inam Karimov;
Qozog‘iston Qiishloq xo‘jaligi vaziri Yerbol Karashukeyev;
Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vaziri Asqarbek Djanibekov;
Turkiya Qishloq xo‘jaligi vaziri Vahit KIrischi;
Ishtvan Nagi, Vengriya Qishloq xo‘jaligi vaziri
Turkmaniston Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Begmirat Atayev ishtirok etmoqdalar.






