Toshkent 3 aeroporti o’z faoliyatini tiklamoqda

2021 yil 31-avgustdan boshlab mahalliy aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi Toshkent 3 aeroporti o’z faoliyatini boshlaydi va respublika bo’ylab amalga oshiriluvchi barcha aviaparvozlar ushbu aeroportdan jadvalga ko’ra amalga oshiriladi, deya xabar beradi aviakompaniya matbuot xizmati.

Eslatib o’tamiz, 19-avgustdan boshlab aeroport texnik sabablarga ko'ra noma'lum muddatga yopilgan edi.