Toshkent-3 aeroporti vaqtincha yopildi

"Uzbekistan Airways" kompaniyasi matbuot xizmati xabar berishicha, 19 avgustdan Toshkent-3 aeroporti vaqtincha muddatsiz yopiladi. Yopilish sababi ko'rsatilmadi.

Respublika ichidagi barcha qatnovlar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan olingan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.