Toshkent aeroportida kutib olish hududini qurish boshlandi

Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabariga ko’ra, Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish terminali oldida kutib oluvchilar uchun hudud qurilishi boshlandi.
Qayd etilishicha, rejalashtirilgan ikkita kutish joyidan birinchisi mavjud shiypon o‘rniga quriladi. Qurilish ishlari mart oyi oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan terminal oldidagi to‘siqdan yashil hududgacha bo‘lgan hudud banner bilan o‘rab qo‘yilgan. Yo‘lovchilarning shaharga chiqishi vaqtincha P2 avtoturargohi orqali (ketish va kelish terminallari o‘rtasida) amalga oshiriladi.






