Toshkent xalqaro aeroportiga yangi direktor tayinlandi

Shukurjon Gaipov “Toshkent” xalqaro aeroporti direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bunga qadar u “Toshkent-1” hukumat terminali rahbari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Ma’lumot o’rnida, O‘zbekiston Milliy universitetining siyosatshunoslik fakultetini tamomlagan Shukurjon Gaipov mehnat faoliyatini Toshkent aeroportida havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatishni muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘limida muhandis sifatida boshlagan.