Toshkent aholisiga tegishli yengil avtomobillar soni yarim milliondan oshdi

2023-yilning 1-yanvar holatiga koʼra, Toshkent shahrida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni 562,1 mingtani tashkil etdi. Statistika agentligi maʼlumotlarida qayd etilishicha, bu koʼrsatkich 2022-yilning 1-yanvar holati bilan solishtirilganda 94,9 mingtaga ko’p.