Toshkent dizayn va moda xalqaro universiteti tashkil etiladi

“Toshkent dizayn va moda xalqaro universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” Prezident qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qarorga ko'ra, universitet 2022/2023-o‘quv yilida tashkil etilib, uning huzurida paxta-to‘qimachilik va pillachilik klasterlari ishtirokida 12 ta texnikum tashkil etiladi.
Shuningdek, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Parij xalqaro moda universiteti bilan qo‘shma fakultetda ta’lim olayotgan talabalar 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab Toshkent dizayn va moda universitetida o‘qishni davom ettiradi.






