Toshkent hokimi avtobusda aholiga yaqinda barchasini to'g'irlashni va'da berdi

Toshkent shahri hokimi v.b. Shavkat Umrzoqov shahar transporti muammolarini o'rganish maqsadida avtobusda harakatlandi.

Yo‘lovchilardan biri hokimga tig‘iz paytda tiqilinch bo‘lishi, yosh bolali ayollar avtobusga chiqishga qiynalishini ma'lum qildi.

Shavkat Umrzoqov hozirda bekatlar shunga moslab tuzatilayotgani, xorijdan mutaxassislar chaqirilgani, yomg‘irlardan keyin suv to‘planishlar ham bartaraf etilishini aytgan.

«Hammasini bittada to'g'irlaymiz! Sal sabr qilib turinglar faqat.» -deb qo'shimcha qildi hokim.