«Toshkent indeks»ga talabalarni joylashtirish boshlandi

Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan shu kunlarda “Tashkent indeks” savdo majmuasida talabalar uchun yotoq joylarni tayyorlash jarayonlari olib borilayotgani haqida xabar bergan edik.
Shahar hokimligi tomonidan maqsad qilinganidek, ayni paytda mavjud ehtiyoj uchun qariyb 3 ming o`rinli joy hozirlanib, bugun ularga 600 dan ortiq talaba-qiz joylashdi.
P.S. Ehtiyojdan kelib chiqib, yotoq o`rinlarni oshirish va ularga talabalarni joylashtirish ishlari davom ettiriladi.






