Toshkent isitish mavsumi yakuniga yetdi

Toshkent hokimligida isitish mavsumi tugash sanasi e'lon qilindi.
Shahar ma'muriyati matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, 1 apreldan Toshkentda isitish uziladi.
"Issiq bahor kunlarining boshlanishi va havo haroratining oshishi munosabati bilan joriy yilning 1 aprel kuni Toshkentda 2021-2022 yil isitish mavsumi tugaydi", deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, 2021-yil 12-oktabrdan isitish mavsumi ijtimoiy maqsadlar uchun mo'ljallangan ob'ektlarda, 14 – oktabrdan esa ko'p qavatli turar-joylarda boshlangan.






