Toshkent maktablarida bolalarni o‘g‘irlashga urinishlar haqidagi xabarlardan so‘ng militsiya xodimlari navbatchilik qila boshlashdi

So'nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda bolalarni o'g'irlashga urinishlar haqida xabarlar paydo bo'la boshladi. Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi barcha xabarlar yolg‘on ekanligini, Toshkent shahrida bolalarni o‘g‘irlash holatlari kuzatilmaganini ma’lum qildi.
Shuningdek, bolalar xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘rilgani ma’lum qilingan.
Qayd etilishicha, endilikda ichki ishlar organlari xodimlari har kuni ertalab soat 7 dan maktablarda navbatchilik qilmoqda. Maktablar atrofi, ayniqsa, yomon yoritilgan va kimsasiz ko‘chalar PPX inspektorlari tomonidan nazorat qilinadi.
Shuningdek, maktab psixologi inspektorlari barcha Telegram guruhlariga kiritilgan bo‘lib, ota-onalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulardan ma’lumot olishlari mumkin.






