Toshkent metropoliteni 1-dekabrdan jeton qabul qilmaydi

2020 yilning noyabr oyidan boshlab Toshkent metropolitenida yo‘lovchilar uchun jetonlarni sotish to‘xtatilib, avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi joriy etilgan edi. Aholidagi mavjud jetonlar qabul kilinayotgandi.
2021 yilning 1 dekabr sanasidan boshlab Toshkent metropolitenida yo‘l haqini to‘lash uchun jetonlarni qabul qilish to‘xtatiladi deya xabar berdi metropoliten matbuot markazi.
Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, to‘lov tizimida qulaylik yaratish maqsadida, Toshkent metropolitenining barcha bekatlari QR kodli chipta, transport va bank kartalari hamda NFC funksiyalari orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi statsionar validatorlar bilan jixozlangan.






