Toshkent-Minsk reyslari qayta tiklandi

Belorussiya poytaxti Minskka muntazam reyslar 2021 yil 25 martdan boshlab "O'zbekiston havo yo'llari" tomonidan qayta tiklanadi, deya xabar qildi 17 mart kuni kompaniya matbuot xizmati.

Aviachiptalarni odatdagidek kompaniya veb-saytidan ham, agent ofislaridan ham xarid qilish mumkin. Reyslar 24, 28 va 31 mart kunlari amalga oshiriladi. Toshkent-Minsk yo'nalishi bo'yicha chipta narxi ekonom-klassda 4,708 million so'm va biznes-klassda 7,446 million so'mni tashkil etadi.

Eslatib o'tamiz, 15 martdan boshlab O'zbekiston aeroportda, temir yo'l stantsiyasida yoki chegarani kesib o'tishda majburiy koronavirus sinovini bekor qilgan edi.