Toshkent shahar hokimligi obodonlashtirish xodimlariga «Rahmat» yo'lladi

“11-yanvar - Xalqaro rahmat kuni. Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga o‘z minnatdorchiligimizni bildirish vaqti keldi – ular havoning sovuq bo‘lishiga qaramay, shahar ko‘chalarida kechayu kunduz xizmat ko‘rsatishmoqda”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Ta'kidlanganidek, ma'muriyat g'ayritabiiy sovuq ob-havo sharoitida xodimlarning qulay ishlashi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solgan.