Toshkent shahar hokimligida Koreya Respublikasi deligatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Shahar hokimi o'rinbosari Sharof Rahmonov Korea Land & Housing korporatsiyasi Bosh Menejeri XA YON SU boshchiligidagi ishbilaramonlar guruhini qabul qildi.
O'zaro muluqot davomida Bektemir tumanida bunyod etilishi ko'zda tutilgan "Xalqaro innovatsion qurilish kompleksi va zamonaviy aqlli shahar barpo etish" loyihasi doirasida Koreya tomonidan tuzilgan konsorsium doirasidagi ishlar muhokama etildi.
Uchrashuvda Janubiy Koreyaning Smart City qurish texnologiyasi taqdimoti o'tkazilib, Smart City bosh rejasining texnik parametrlari ko'rib chiqildi.
Shuningdek, loyihaning urbanizatsiya jarayoni va tegishli me'yoriy-hyqyqiy hujjatlar, Smart City bunyod etish uchun zarur bo'ladigan jarayonlar hususida so'z yuritildi.






