Toshkent shahri aholisi yil boshidan buyon 17,4 ming kishiga ko'paygan

Toshkent shahar statistika boshqarmasining maʼlumotiga koʻra, Toshkentda doimiy aholi soni 2022-yilning 1-aprel holatiga koʻra, 2 million 879 ming 800 kishini tashkil etmoqda. Aholi yil boshidan buyon 17,4 ming kishiga yoki 100,6 foizga koʻpaydi.
Shundan:
Erkaklar soni 1 411 800 kishini;
Ayollar soni 1 468 000 kishini tashkil etdi.
Shahar hududlari kesimida 2022-yilning 1-aprel holatiga koʻra, eng koʻp aholi soni Olmazor tumanida boʻlib, 387,7 ming kishini, yaʼni shahar aholisi sonidagi ulushi 13,5 foizni tashkil etdi. Shuningdek, Yunusobod tumanidagi aholi 360,9 ming kishi – 12,5 foizdan iborat.
Eng kam aholi soni Yakkasaroy tumanida – 124,6 ming kishi (4,3 foiz) va Bektemir tumanida – 51,8 ming kishi (1,8 foiz)ga toʻgʻri kelmoqda.






