Toshkent shahrida ShHT Yoshlar kengashining 15-yig‘ilishi o’tkazilmoqda

Bugun 10-iyun kuni, O‘zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkiloti raisligi doirasida Toshkent shahrida ShHT Yoshlar kengashining 15-yig‘ilishi bo’lib o’tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining ShHTga raisligi doirasida ShHTga a’zo davlatlarning mas’ul vazirlik va idoralari, ShHT kotibiyatlari va Yoshlar kengashi rahbarlari boshchiligidagi delegatsiyalar ishtirokida oliy darajadagi uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Bugungi kunda Shanxay hamkorlik tashkiloti qator nufuzli ixalqaro tashkilotlar orasida munosib o‘rin egallab, mintaqaviy va jahon miqyosida xavfsizlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotning ta’sirchan omili bo‘lib xizmat qilmoqda.

Uchrashuv doirasida O‘zbekiston tomoni tashabbusi bilan o‘tkazilgan ShHT yoshlari o‘rtasida eng yaxshi startap loyihalar tanlovi g‘oliblarini tantanali mukofotlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda ShHTga a’zo davlatlarning iqtidorli yoshlari, kuzatuvchilar va muloqot bo‘yicha hamkorlar, shuningdek, ShHTga a’zo davlatlar Yoshlar kengashi faollari ishtirok etdi.