Toshkent tibbiyot akademiyasi loyihalarini amalga oshirish uchun grant yordami masalalari muhokama qilindi

Toshkent tibbiyot akademiyasi (TTA) rektori Alisher Shadmanov boshchiligidagi delegatsiya Koreya Xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi (KOFIH) prezidenti Kim Chang Yup bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Akademiyaning o‘quv salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun KOFIH grant mablag‘larini jalb qilish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, Akademiyaning ta’lim va ilmiy darajasini oshirish maqsadida TTA va KOFIH o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutuvchi hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi.






