Talabalikka bag‘ishlov marosimi bo‘lib o‘tdi

Olmazor tuman hokimligi, tuman yoshlar ittifoqi hamkorligida Toshkent tibbiyot akademiyasida ko‘p ming sonli professor-o‘qituvchilar hamda akademiyaga qabul qilingan bir yarim ming nafardan ziyod yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etgan Talabalikka bag'ishlov tadbiri bo'lib o'tdi.
Bo‘lajak shifokorlar tibbiyot ilmini egallashdan avval an’anaviy qasamyodni qabul qilar ekanlar, eng avvalo shu muqaddas vatan oldidagi farzandlik burchiga sodiq qolajaklarini baralla bayon etdilar.
Kechaning dilbar va fayzli o‘tishiga Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi “Navo-shifo” yoshlar musiqiy –teatr jamoasi munosib hissa qo‘shdilar.






