Toshkent - Tokio yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar qayta tiklanmoqda

2 yildan so‘ng Uzbekistan Airways "Toshkent – Tokio – Toshkent" xalqaro yo‘nalishidagi muntazam aviaqatnovlarni tiklamoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2022-yil 4-avgustdan boshlab parvozlar payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Toshkentdan uchish: 22:05 (Toshkent vaqti bilan), Tokioga yetib borish: Tokio vaqti bilan juma kuni soat 09:40.

Tokiodan uchish: 11:00 (Tokio vaqti bilan), Toshkentga yetib kelish: 16:10 (Toshkent vaqti bilan).