Toshkent viloyati hokimi kubogi 2022 Polo musobaqasi bo’lib o’tdi

2022-yilning 19-mart kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida Polo sport turi bo’yicha ilk bor "Toshkent viloyati hokimi kubogi 2022" musobaqasi o’tkazildi.

Mazkur musobaqada:

  • Qashqadaryo Temiryo’llari - Qorabayr jamoasi
  • Toshkent viloyati - Milliy gvardiya jamoasi
  • Toshkent shahar - Milliy gvardiya jamoasi
  • Zangiota tumani Mash’al Qorabayr polo jamoasi ishtirok etdi.

Murosasiz baxslarda Toshkent viloyatinig “Milliy gvardiya polo jamoasi” birinchi o’rinni egallab "Toshkent viloyati hokimi kubogi 2022"ni qo’lga kiritdi.