Toshkent viloyatida yangi OTM ochiladi

Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, Zangiota tumanida "Tashkent Pharma Park" ilmiy klasterida oliy o'quv yurti ochiladi.
Yangi OTM farmatsevtika, biotexnologiya, tibbiyot, kosmetologiya va menejment sohalarida mutaxassislarni tayyorlaydi.
Oliy o'quv yurtni ochish to'g'risida qaror O'zbekiston Vazirlar Mahkamasida qabul qilingan. OTM o'z faoliyatini 2022-2023 o'quv yilidan boshlaydi.






