Toshkent viloyatining yirik investitsiya loyihalari faoliyati o'rganildi

Joriy yilning 1-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev boshchiligidagi hamda vazirliklar, idoralar va tijorat banklari rahbarlaridan iborat Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo'yicha Hukumat komissiyasi Toshkent viloyatining bir qator ishlab chiqarish obyektlariga tashrif buyurdi.

Tashrifdan maqsad joylarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning joriy holatini o'rganish, tadbirkorlar duch kelayotgan muammolarni hal qilish, investitsiyalar jalb qilish, sanoat va eksportni rivojlantirish nuqtai nazaridan hudud salohiyatidan foydalanish bo'yicha takliflar ishlab chiqishdir.

Komissiya a'zolarining korxonalarga tashrifi davomida tadbirkorlar ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish, tayyorlanayotgan va eksport qilinayotgan mahsulotlar nomenklaturasi va hajmini kengaytirish bo'yicha o'z fikrlari bilan bo'lishdilar. Respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish bo'yicha takliflar, shuningdek, tadbirkorlar bevosita faoliyatini amalga oshirish jarayonida duch kelayotgan masalalar ham tilga olindi.

Mas'ul rahbarlarga bildirilgan barcha masalalarni hal qilish bo'yicha tezkor choralar ko'rish va keyinchalik respublika darajasida kompleks echimlarni ishlab chiqish uchun takliflar kiritish bo'yicha manzilli topshiriqlar berildi.