Toshkent xalqaro aeroportida MDH o‘yinlari g‘oliblari tantanali kutib olindi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqada 91 ta medal bilan faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Mamlakatimizda sportga berilayotgan e’tibor va yaratilayotgan sharoitlar samarasini amalda ko‘rsatdi.






