Toshkent xalqaro Investitsiya forumiga tayyorgarlik

Joriy yilning 9-mart kuni videokonferensiya tarzida Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov rahbarligida Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik koʼrish boʼyicha tashkiliy qoʼmitaning yigʼilishi boʼlib oʼtdi.
Unda tadbirga tayyorgarlik koʼrish boʼyicha choralarning amalga oshirilishi koʼrib chiqildi. Tegishli vazirliklar, idoralar, Oʼzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari olib borilayotgan ishlar toʼgʼrisida hisobot berishdi hamda tadbirning turli yoʼnalishlardagi tashkiliy va mazmuniga doir masalalarni hal qilishning joriy holati toʼgʼrisida maʼlumot taqdim etildi.
Mamlakatning xalqaro ishbilarmonlar hamjamiyatidagi imidjini mustahkamlash, uning investitsiyaviy jozibadorligini yuksaltirish, hamkor davlatlar bilan investitsiyaviy munosabatlarni kengaytirish, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish nuqtai nazaridan tadbirni yuqori saviyada oʼtkazish muhimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, TIF tadbirlarining biznes dasturi koʼrib chiqildi va uning doirasida imzolanadigan aniq investitsiyaviy va savdo bitimlari roʼyxatlarini shakllantirishni nazarda tutgan holda, forumni amaliy mazmun bilan boytish choralari muhokama qilindi.






