Toshkent xalqaro marafoni o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkentning bir qancha ko'chalarida transport harakati to'xtatiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 01-07/1-341-sonli yigʻilish bayoniga asosan, Toshkent shahrida “Toshkent xalqaro marafon tadbiri” oʻtkazilishi munosabati bilan, poytaxtning tadbir oʻtkazilishi moʻljallangan koʻchalarida transport vositalarining harakati vaqtincha (25-27-mart kunlari) toʻxtatiladi.
Unga ko'ra, Beshyogʻoch koʻchasidan I.Karimov koʻchasigacha 2022-yilning 25-mart kuni soat 16:00 dan 27-mart kuni soat 18:00 gacha;
2022-yilning 27-mart kuni soat 05:00 dan 18:00 gacha:
I.Karimov koʻchasi: Olmazor koʻchasidan Sh.Rashidov koʻchasigacha;
Sh.Rashidov koʻchasi: I.Karimov koʻchasidan Afrosiyob koʻchasigacha;
Shaxrisabz koʻchasi: A.Temur koʻchasidan Oybek koʻchasigacha;
Afrosiyob koʻchasi: Shaxrisabz koʻchasidan Beshyogʻoch koʻchasigacha;
Oybek koʻchasi: Nukus koʻchasidan Shaxrisabz koʻchasigacha;
Nukus koʻchasi: Istiqlol koʻchasidan Oybek koʻchasigacha;
A.Qodiriy koʻchasi: Abay koʻchasidan Istiqlol koʻchasigacha yo'llarda transport harakati uchun vaqtincha yopiladi.






