Toshkent yana bir nufuzli anjumanga mezbonlik qiladi

Joriy yilning 8-9 sentabr kunlari poytaxtimizda Parlamentlararo ittifoqqa aʼzo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammiti boʼlib oʼtadi.

Parlamentlararo ittifoq 200 ga yaqin mamlakatlarning parlamentlarini birlashtirgan boʼlib, muloqot uchun eng yirik maydon hisoblanadi.

MDH mamlakatlari orasida Oʼzbekistonda ilk bor tashkil etilayotgan mazkur sammitda Parlamentlararo ittifoqqa aʼzo davlatlar hamda hamkor xalqaro parlament tashkilotlarining ayol rahbarlari ishtirok etadi.