Toshkent – Dushanbe yo’nalishida yo’lovchi poyezdlar qatnovi yo’lga qo’yiladi

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 20-iyun sanasidan boshlab Toshkent – Dushanbe yo’nalishida yo’lovchi poyezdlar qatnovi yo’lga qo'yiladi.

2-iyun kuni O’zbekistonga Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning tashrifi doirasida ikki davlat yetakchilari respublikalarning ko’p yillik ijobiy munosabatlarini ittifoqchilik darajasiga ko’tardilar.

So’nggi yillarda ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi qariyb 40 barobarga, joriy yil boshidan esa 35 foizga oshgani aytildi. Bu kabi hamkorlik munosabatlarining davomiy rivoji sifatida bu yil 20-iyun kunidan boshlab Toshkent-Dushanbe yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdining qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, tomonlar yangi tranzit yo‘laklarini shakllantirish va zamonaviy logistika infratuzilmasini yaratish, havo, temir yo‘l transporti va avtobuslar qatnovini ko‘paytirish haqda ham muzokaralar o’tkazdilar.