Toshkent – Istanbul – Toshkent yo'nalishida amalga oshiriladigan reyslar vaqti 3 soatga kechiktirildi

Bugun, 16-sentabr kuni rejalashtirilgan HY-273/274 Toshkent – Istanbul – Toshkent yoʻnalishidagi aviaqatnov vaqti texnik sabablarga koʻra kechiktirildi.

Ma’lum qilinichicha, Toshkentdan 17:00 da uchishi kerak bo'lgan samolyot 20:00 da — Istanbulga 20:20da yetib borish o'rniga 23:30 da qo'nadi;

Istanbuldan 21:45 da uchish oʻrniga 23:59 da — Toshkentga yetib kelish shanba kuni 04:15 oʻrniga 07:00 da qo'nadi.