«Toshkent — Chirchiq — Xojikent» yangi tezyurar elektropoyezdlar qatnovi yo'lga qo'yildi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabariga ko’ra, bugun, 24-sentabrdan boshlab yo'lga sarflanadigan vaqtni 1 soatga qisqartirish maqsadida "Toshkent — Chirchiq — Xojikent" tezyurar shaharlararo elektropoyezdlar qatnovi joriy etildi.
Elektropoyezd haftaning har shanba va yakshanba kunlari harakatlanadi. Jadval ishlab chiqish natijasida "Toshkent — Chirchiq" oralig'idagi elektropoyezdning harakatlanish vaqti 45 daqiqaga, "Chirchiq — Xojikent" oralig'ida 15 daqiqaga qisqardi va yo'lga sarflanadigan umumiy vaqt 1 soat 40 daqiqani tashkil etdi.
Poyezdlar Toshkent janubiy vokzalidan va Xojikent bekatidan quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
6429-sonli Toshkent 07:10 — Xojikent 08:53
6430-sonli Xojikent 09:18 — Toshkent 11:00
6435-sonli Toshkent 13:38 — Xojikent 15:19
6436-sonli Xojikent 15:44 — Toshkent 17:26






