Toshkentda 15-16 iyul kunlari Tashkent City yaqinidagi yo'llar to'sib qo'yiladi

Xalqaro konferentsiya "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusida Toshkentda o'tkazilishi sababli Tashkent City yaqinidagi bir qator ko'chalar yopiladi.
Quyida ro'yxat keltirilgan:
- Islom Karimov ko'chasi: Turob To'la ko'chasidan Furqat ko'chasigacha;
- Furqat ko'chasi: Islom Karimov ko'chasidan Navoiy ko'chasigacha;
- Olmazor ko'chasi: Beshyog'och ko'chasidan Navoiy ko'chasigacha bo'lgan qismi.
Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo'llardan foydalanish maslahat berilgan.






